Master Tashkent

Shoshilinch chaqiruv

Avariya ustasi Toshkentda — 24/7

Tun yarmida tok o'chdi yoki quvur yorilib, suv oqyaptimi? Kutib o'tirmang. Master Tashkent ustasi kechayu kunduz, bayram va dam olish kunlari ham chaqiruvga chiqadi.

  • 24/7kechayu kunduz
  • 3 yo'nalishelektrika, santexnika, kamera
  • Toshkentshahar va viloyat

Qanday ishlarni bajaramiz

Elektrika

  • Elektr montajYangi uy yoki ta'mirdan keyin simlarni to'liq tortish
    Kelishuv asosida
  • Rozetka va o'chirgich o'rnatishAlmashtirish, ko'chirish va yangi nuqta chiqarish
    Kelishuv asosida
  • Qandil va chiroqlarQandil, spot va LED tasmalarni o'rnatish
    Kelishuv asosida
  • Elektr shchit yig'ishAvtomat, UZO va hisoblagichni joylash
    Kelishuv asosida
  • Nosozlikni topishTok yo'qolishi, qisqa tutashuv sababini aniqlash
    Kelishuv asosida
Batafsil: Elektrik →

Santexnika

  • Quvur montaji va almashtirishPlastik va metall quvurlar, suv va isitish
    Kelishuv asosida
  • Unitaz, rakovina, vanna o'rnatishEski jihozni olib, yangisini ulash
    Kelishuv asosida
  • Smesitel o'rnatish va ta'mirOshxona, vanna va dush smesitellari
    Kelishuv asosida
  • Kanalizatsiya tozalashTiqilishni ochish va quvurni tozalash
    Kelishuv asosida
  • Suv isitgich o'rnatishBoyler va kolonkani ulash
    Kelishuv asosida
Batafsil: Santexnik →

Usta kelguncha nima qilish kerak

Elektr avariyasida shchitdagi umumiy avtomatni o'chiring va kuygan hid bor joyga yaqinlashmang. Suv avariyasida uydagi asosiy suv kranini yoping, suv elektr jihozlariga yetayotgan bo'lsa tokni ham o'chiring. Keyin qo'ng'iroq qiling yoki ariza qoldiring: usta darhol bog'lanadi.

Qaysi holatlarda chaqirishadi

Uyda yoki xonada tok yo'qolishi, avtomatning qayta-qayta tushishi, rozetka yoki sim kuyishi, qisqa tutashuv; quvur yorilishi, smesitel yoki boylerdan suv oqishi, kanalizatsiya tiqilib, suv qaytib chiqishi. Bunday holatlarda vaqt muhim, shuning uchun chaqiruvni sutkaning istalgan vaqtida qabul qilamiz.

Narxlar haqida

Har bir uy va muammo har xil, shuning uchun aniq narxni usta ish hajmini ko'rgach aytadi. Narx ish boshlanishidan oldin kelishiladi va keyin o'zgarmaydi. Materiallarni o'zingiz olishingiz yoki ustaga topshirishingiz mumkin.

Ish qanday boshlanadi

  1. Ariza yoki qo'ng'iroq

    Saytda ariza qoldirasiz yoki to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilasiz.

  2. Usta bog'lanadi

    Muammoni aniqlab, kelish vaqtini kelishib olamiz.

  3. Joyida ko'rik va narx

    Ish hajmini ko'rib, narxni oldindan aytamiz.

  4. Ish va tekshiruv

    Bajarilgan ishni sizning ko'zingiz oldida sinab topshiramiz.

Ko'p beriladigan savollar

Kechasi soat 3 da ham kelasizmi?

Ha, chaqiruvlarni 24/7 qabul qilamiz, kechasi ham, bayram kunlari ham.

Avariya chaqiruvi qimmatroqmi?

Narx ish hajmiga qarab kelishiladi. Usta ish boshlanishidan oldin narxni aytadi.

Qo'shnilarni suv bosayotgan bo'lsa nima qilay?

Darhol asosiy suv kranini yoping va qo'ng'iroq qiling: +998 93 135 96 16. Usta yo'lda bo'lganida ham telefonda maslahat beradi.

Qo'ng'iroq qilishUsta chaqirish